Jamiyat faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Jamiyat ta’sischiligidagi korxonalarni boshqarish;
- xalqaro standartlar asosida innovatsion texnologiyalarni joriy etgan holda avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashni tashkillashtirish;
- zamonaviy avtoyoʻl konstruksiyalari va uskunalarini, shuningdek, yuqori sifatli yoʻl-qurilish materiallarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish;
- avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashda mexanizatsiyalashgan ishlarni bajarishni tashkillashtirish;
- jamiyat tarkibiga kiradigan yoʻl - qurilish va boshqa korxonalarni bosqichma-bosqich xususiylashtirish choralarini amalga oshirish.