“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi
2025-yil 14-mart kuni Toshkent davlat transport universitetida navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda quyidagi rahbarlar ishtirok etdi:
1."Yo'lqurilish” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari – Axatov G‘olibjon Saidovich
2. "Yo'lqurilish” AJ Innovatsiya va xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i -- Jalolov Baxtiyor Ismailovich
3. "Yo'lqurilish” AJ Sifat nazorati bo‘limi boshlig‘i -- Turdiyev Ismat Bakayevich
4. "Yo'lqurilish” AJ Yuriskonsulti -- Qodirov Mansurbek Bazarbayevich.
Uchrashuvning asosiy maqsadi – bitiruvchi talabalarni sohaga jalb qilish, transport, raqamlashtirish va logistika yo‘nalishidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, shuningdek, talabalarga kelajakdagi kasbiy yo‘nalishlarini belgilashda ko‘mak berishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida tashkilot rahbarlari o‘z korxonalarining faoliyat yo‘nalishlari, kelajak rejalari va innovatsion loyihalari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Yangi kadrlar uchun qo‘yilayotgan talablar, universitet talabalarini amaliyotga jalb qilish hamda ishga qabul qilish imkoniyatlari haqida ham tushuntirishlar berildi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, mutaxassislardan sohaga oid muhim javoblarni olishdi. Uchrashuv davomida transport va logistika sohasidagi zamonaviy texnologiyalar, ilmiy tadqiqotlar va raqamli innovatsiyalar bo‘yicha qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi.