Welcome to "Yo'lqurilish" AJ   Click to listen highlighted text! Welcome to "Yo'lqurilish" AJ Powered By GSpeech

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi yo'l xo'jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida" 2019 yil 9 dekabrdagi PF–5890-son Farmoni hamda "yo'l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida" PQ–4545-son qaroriga asosan "Yo'lqurilish" AJ tashkil etilib, 2020 yil 22 sentyabr kuni aktsiyadorlik jamiyat sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan.
"Yo'lqurilish" AJ asosiy faoliyati yo'nalishlari:
- xalqaro standartlar asosida innovasion texnologiyalarni joriy etgan holda avtomobil yo'llarini qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta'mirlash;
- zamonaviy avtoyo'l konstruktsiyalari va uskunalarini, shuningdek, yuqori sifatli yo'l-qurilish materiallarini ishlab chiqarish;
- avtomobil yo'llarini qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta'mirlashda mexanizasiyalashgan ishlarni bajarish;
- avtomobil yo'llari bo'ylab servis xizmatlari va infratuzilmalarini rivojlantirish;
- jamiyat tarkibiga kiradigan yo'l-qurilish va boshqa korxonalarni bosqichma-bosqich xususiylashtirish choralarini amalga oshirish.
"Yo'lqurilish" AJning ustav kapitali 95,13 mlrd so'mni tashkil etib, yagona aktsiyadori Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hisoblanadi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech