QURBON HAYITI – QALBLAR SHODLIGI BAYRAMI
Ozod va obod, farovon va taraqqiyot sari yuz tutgan yurtga bayramlar yarashadi. Har bir bayramning o'zgacha fayzi bo'ladi. Qurbon hayiti o'zining tarovati, fazilatlari bilan xalqimiz ko'nglidan chuqur joy olgan.
Qurbon hayiti mamlakatimizda ko'tarinki ruhda, yuqori saviyada o'tkazilmoqda. Chunonchi, mana shu ayyom arafasida muhtaram Prezidentimizning alohida qarorlari qabul qilinib, bayramni keng nishonlash vaziflari belgilab berildi.
Hayit xursandchilik bayramidir. Ushbu bayramda "Yo'lqurilish" aktsiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalarda xodimlarga sovg'a ulashib, ularni quvontirish, ularga dasturxonlar yozish berish dinimiz targ'ib qilgan amallardandir.
Qurbonlik qilish Yaratganning bergan ne'matlarining shukronasini ado etish va nafsoniy illatlardan poklanishni namoyon etadi.







