"YO'LQURILISH" AKSIYADORLIK JAMIYATIDA "BIZ — DONORMIZ!"XAYRIYA AKTSIYASI O'TKAZILDI
"Yuksalish" harakati tashabbusi bilan mamlakatimiz bo'ylab tashkil etilayotgan "biz — donormiz!"xayriya aktsiyasining navbatdagi tadbiri "Yo'lqurilish" aktsiyadorlik jamiyati hamkorligida bo'lib o'tdi.
Donor qoni har kuni qiyin ahvolga tushgan insonlar: og'ir jarohat olgan bemorlar, YTH jabrlanuvchilari, onkologik kasalliklar va boshqa ko'plab tashxislar tufayli qon quyish zarur bo'lganlar hayotini saqlab qoladi. Qon zaxiralari muntazam yangilanib turishi kerak, shunda har qanday vaziyatda yordamga muhtojlarga ko'mak berilishi mumkin.








