O'zbekiston Konstitusiyasiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish loyihasi muhokamasi

"Yo'lqurilish" aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi devonida 27 mart kuni "insonga farovonlik, jamiyatga erkinlik, davlatga mas'uliyat!"shiori ostida Konstitusiyaga kiritiladigan o'zgartirishlar bo'yicha bo'lib o'tadigan referendum tashviqotiga yuzasidan tadbir tashkil etildi.

"Konstitusiyaviy islohot – bugunning talabi, ertaning kafolati!"shiori ostida "O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan targ'ibot-tashviqot tadbirlar "yo'lqurilish" aktsiyadorlik jamiyatida bo'lib o'tmoqda. Konstitusiya loyihasidagi moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga oshdi. Ya'ni, asosiy qonunimiz matni qariyb 65 foizga ortdi va xalqimiz takliflari asosida yangilandi. Yangilanadigan Konstitusiya jamiyatimiz hayotining barcha yo'nalishlarini kompleks tartibga solish hamda mamlakatimizni demokratik rivojlantirish yo'lida eng muhim huquqiy poydevor bo'lib xizmat qiladi.
Xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy qonunga befarq bo'lmasdan, 30 aprelda bo'lib o'tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz.

photo 2023 04 13 17 59 11

photo 2023 04 13 17 59 16

photo 2023 04 13 17 59 22