• Bosh saxifa
  • Rasmiy
  • E’lonlar
  • “Yo‘lqurilish” AJ qo‘shida tashkil etilgan O`zLiDeP boshlang‘ich tashkilotining navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi

“Yo‘lqurilish” AJ qo‘shida tashkil etilgan O`zLiDeP boshlang‘ich tashkilotining navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi

O'zLiDeP - Toshkent shahar, BPTning 2026 yilgi ustuvor vazifalari belgilab olindi.

“Yo‘lqurilish” AJ qoshida tashkil etilgan O`zLiDeP boshlang‘ich tashkilotining navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. BPTning 2025 yilgi faoliyati yuzasidan hisobot berildi. Yig‘ilishda quyidagilar ta’kidlab o‘tildi. Jumladan, ushbu quyi bo‘g‘in o‘tgan yil davomida bir qator amaliy ishlarga ham qo‘l urdi va partiya bilan doimiy hamkorlikda ishlab kelmoqda. Xususan, mazkur BPT tomonidan yoshlarning bandligini ta’minlashga e’tibor qaratildi, quyi bo‘g‘in tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni muammoli masalalarini hal etish, ayniqsa, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, partiya a’zolarini ko‘paytirishda ham faollik ko‘rsatildi. O’zLiDeP Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari Madyor Khondayev yig‘ilishda so‘z olib quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi.
Jumladan, ushbu boshlang‘ich partiya tashkiloti tomonidan partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini targ‘ib qilish va amalga oshirish borasida amaliy ishlar qilindi. Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, yoshlarda kitobxonlikni rivojlantirish, uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda tadbirlar o‘tkazildi.
Ushbu ijobiy ishlarni amalga oshirishda O‘zLiDeP Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi va deputatlarning hamkorligi muhim hisoblanadi.
Yig‘ilishda quyi bo‘g‘in tomondan bu kabi amalga oshirilgan ishlar alohida e’tirof etildi. Mazkur tashkilotning 2025 yildagi faoliyati yuzasidan hisobot ijobiy baholandi.
Shuningdek, Boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi va o‘rinbosari qayta saylandi. Boshlang‘ich partiya tashkilotining 2026 yil uchun ish rejasi tasdiqlandi va “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib BPTning 2026 yildagi ustuvor vazifalari belgilab olindi.

attachment 1

attachment 2

attachment 3

attachment 4

attachment 5

attachment 6

 

Chop kilish E-mail