Oʻzbekistonda ilk pullik avtomobil yoʻli Urganch–Xiva yoʻnalishida qurilmoqda
Yoʻl - bu shunchaki ikki manzilni bogʻlovchi vosita emas, balki iqtisodiyot tomiri. U savdo-sotiqni tezlashtiradi, hududlarni yaqinlashtiradi, turizm va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantiradi. Shu maʼnoda, Xorazm viloyatida boshlangan Urganch–Xiva pullik avtomobil yoʻli qurilishi hudud taraqqiyotida muhim bosqich boʻladi. “Yoʻlqurilish” Aksiyadorlik jamiyati ham ushbu yoʻnalishni barpo etishda faol ishtirok etmoqda.
Qurilish sifatini nazorat qilish uchun xorijlik konsaltinglar yollangan. Yoʻlning ustki konstruktsiyasi taxminan 87 sm qalinlikda boʻladi, soʻnggi ikkita qatlam bitum bilan modifikatsiya qilingan maxsus mustahkam qatlamlardan tashkil topadi.
Urganch–Xiva yangi yoʻli ikki shahar oʻrtasidagi masofani vaqtini 3 baravar qisqartirib, 1 soatdan 17 daqiqagacha tushiradi. Pullik yoʻlning boshlanish nuqtalarida va oʻrtasida terminallar joylashadi.









