• Bosh saxifa
  • Rasmiy
  • Ommaviy Tadbirlar
  • Yuksak e'tirof: "Yo'lqurilish" AJ xodimlari mustaqilligimizning 35 yilligi ko'krak nishonlari bilan taqdirlandilar

Yuksak e'tirof: "Yo'lqurilish" AJ xodimlari mustaqilligimizning 35 yilligi ko'krak nishonlari bilan taqdirlandilar

Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami arafasida mamlakatimiz taraqqiyoti, xususan, yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirishga munosib hissa qo'shib kelayotgan bir guruh fidoiy soha xodimlari yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Muhtaram Prezidentimiz farmoniga muvofiq, "Yo'lqurilish" aktsiyadorlik jamiyatining bir guruh rahbar va ishchi-xodimlari "O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi" esdalik nishoniga loyiq ko'rildilar.

Ushbu mukofotlar yurtimiz bo'ylab zamonaviy va ravon yo'llar qurish, aholi farovonligini ta'minlash hamda iqtisodiy salohiyatimizni yuksaltirish yo'lida kechayu kunduz mehnat qilayotgan jamoamiz a'zolarining mashaqqatli va sharafli mehnatlariga berilgan yuksak Bahodir.
"Yo'lqurilish" AJ rahbariyati va kasaba uyushmasi qo'mitasi taqdirlangan barcha hamkasblarimizni ushbu yuksak e'tirof bilan muborakbod etadi! Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va kelajakdagi mas'uliyatli faoliyatingizda yangi zafarlar tilaymiz.
Mehnatingiz hamisha e'zozda bo'lsin!

290826 1

290826 2

290826 3

290826 4

290826 5