O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi:yo'l infratuzilmasi rivojlanishining yangi bosqichi

Muhtaram vatandoshlar, hamkasblar va hamkorlar!
Har birimiz uchun eng ulug'va eng aziz bo'lgan bayram — O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yillik ayyomi yaqinlashib kelmoqda. Istiqlol jonajon Vatanimizning har tomonlama rivojlanishi, uning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va farovon kelajakni barpo etish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi.

O'tgan yillar davomida yo'l qurilishi sohasi mamlakatimiz taraqqiyotining bosh drayverlaridan biriga aylandi. Zamonaviy yo'llar, ko'prik va yo'lo'tkazgichlar hududlarni bir-biriga bog'lab, iqtisodiyotni rivojlantirishga hamda fuqarolarimiz hayotini yanada qulay qilishga xizmat qilmoqda. Ushbu ulug'ayyom arafasida "O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi" esdalik nishonlari topshirilgani katta ramziy ma'noga ega. Bu e'tirof "Yo'lqurilish" AJ ko'p ming kishilik jamoasi faoliyatiga berilgan yuksak Bahodir. Jamiyatimizning oddiy yo'l ishchisidan tortib muhandisigacha — har bir xodim o'z kundalik bunyodkorlik mehnati bilan yurtimiz mustaqilligini mustahkamlashga munosib hissa qo'shib kelmoqda.
"Yo'lqurilish" AJ jamoasi barcha o'zbekistonliklarni ushbu ulug'tarixiy kun bilan samimiy muborakbod etadi! Xonadonlarimizda hamisha tinchlik, barqarorlik va qut-baraka barqaror bo'lsin, mustaqil Vatanimiz esa yuksalish yo'lidan dadil va ishonch bilan odimlayversin!