O'zbekiston Konstitusiyasiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish loyihasi muhokamasi
"Yo'lqurilish" aktsiyadorlik jamiyati xodimlari otalikga olingan 112-sonli IDUMda O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan tadbirlarni olib bordi. Ota-onalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblarni oldilar.
"Yo'lqurilish" aktsiyadorlik jamiyati tarkibidagi ma'suliyati cheklangan jamiyat xodimlariga "Konstitusiya meniki, seniki, bizniki!", "Konstitusiya o'zimizniki!"shiori ostida "O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan videokonferentsiya tashkil etildi. Uchrashuv jarayonida ishtirokchilarga to'liq va batafsil ma'lumotlar berib o'tildi. Uchrashuv so'ngida barcha"yo'lqurilish" aktsiyadorlik jamiyati xodimlarini xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy qonunga befarq bo'lmasdan, 30 aprelda bo'lib o'tadigan refrendumda faol ishtirok etishga chaqirib qolindi.