Bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!
"Yo'lqurilish" aktsiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi, Xalq deputatlari Mirzo Ulug'bek tuman Kengashi deputati Ruslan Muptullaevich Erniyazov "katta Oltintepa", "Oltintepa" va "Alpomish" mahalla fuqarolar yig'inida "bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!"shiori ostida Vatanimiz mustaqilligining 33 yillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni yuqori saviyada o'tkazish bo'yicha tadbirlarni tashkillashtirishda faol qatnashmoqda.
Mahallalarning ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan hamda ko'makka muhtoj insonlarning holidan xabar olib, ularga moddiy va ma'naviy yordam berish bilan bog'liq xayriya tadbirlarda "yo'lqurilish" AJ xodimlari faol ishtirok etishmoqda.