"Yo'lqurilish" aktsiyadorlik jamiyati Kompleans va korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i lavozimiga konkurs tanlovi
19 yanvar 2023, (e'lon sanasi va raqami)
"Yo'lqurilish" aktsiyadorlik jamiyati Kompleans va korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
Qo'yilayotgan talablarga mos keladigan nomzodlar, 2023 yil 19 yanvardan 31 yanvargacha soat 17:00 gacha bo'sh ish joyi uchun o'z rezyumelarini qoldirishlari mumkin.
Majburiyatlaringiz:
- "Yo'lqurilish" aktsiyadorlik jamiyati tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini muvofiqlashtirish va takomillashtirish ishlarini tashkil qilish;
- korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni bartaraf etish va ularga qarshi kurashish;
- "Yo'lqurilish" aktsiyadorlik jamiyatida korrupsiyaviy faoliyatga qarshi kurashishda ishtirok etadigan boshqa davlat organlari, huquqni muxofaza qilish organlari bilan o'zaro munosabatda bo'lish.
NOMZODLARGA QO'YILADIGAN TALABLAR:
- oliy ma'lumot (asosan yuridik);
- yuridik hamda yo'lqurilish sohalarida ish tajribasi kamida 5 yil;
- korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaviy xavf-xatarlar, ularning sabablarini o'z vaqtida aniqlash va ularning oqibatlarini yumshatish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish sohasida amaliy tajribaga ega bo'lish;
- amaldagi korrupsiyaga qarshi milliy qonunchilikni, xorijiy tajriba va xalqaro standartlarni bilish;
- o'zbek va rus tillarini erkin bilish (ingliz va boshqa xorijiy tillarni biladiganlarga ustunlik beriladi);
- tanqidiy, tahliliy fikrlash va jamoada ishlay olish.
Diqqat!!! "Izlanuvchilar/nomzodlarning yuqorida qayd etilgan tanlov mezonlariga mos kelmaydigan, shuningdek qasddan soxta ma'lumotlar bilan, xatolar (tuzatishlar va to'g'irlashlar) bilan birga takror yuborilgan hamda ko'rsatib o'tilgan muddat o'tganidan so'ng yuborilgan Rezyume/ma'lumotnoma-ob'ektivkalari diskvalifikasiya qilinadi va sabablari tushuntirilmasdan ko'rib chiqilmaydi".
Nomzodlarning (izlanuvchilarning) kelib tushgan Rezyume/ma'lumotnoma-obektivkalari ko'rib chiqilishining tezkorligini ta'minlash maqsadlarida, 2023 yil 19 yanvardan 31 yanvargacha (Toshkent vaqti bilan) soat 17:00 gacha bo'lgan davr mobaynida E-mail:Bu elektron manzil spamlardan ximoyalangan. Uni kurish uchun JavaScript ni ishga tushirishingiz kerak. elektron pochta manzillari orqali "yo'lqurilish" aktsiyadorlik jamiyati va O'zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining qo'shma qabul komissiyasiga yuborishingizni so'raymiz.
Rezyumega: ish stajini tasdiqlovchi mehnat daftarchasi va tegishli kasb bo'yicha guvohnoma nusxalarini ilova qilish, shuningdek ilova qilinayotgan so'rovnomani to'ldirish shart.
Eslatma: Agar konkurs tanlovi jarayonida siz korrupsion tusga ega bo'lgan faktlarga duch kelsangiz, albatta tasdiqlovchi hujjatlarni (audio/video yozuvlar va boshqalar) ilova qilgan holda, O'zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga zudlik bilan murojaat qilishingiz va Agentlikning Bu elektron manzil spamlardan ximoyalangan. Uni kurish uchun JavaScript ni ishga tushirishingiz kerak. elektron pochta manziliga yoki (+998 71) 202 04 02 (ichki: 220 yoki 102) telefon raqamlari orqali xabar yuborishingiz mumkin.
Rezyumeni yuklab olish