"Yo'lqurilish" aktsiyadorlik jamiyati rais yordamchisi lavozimiga konkurs tanlovi

"Yo'lqurilish" aktsiyadorlik jamiyati rais yordamchisi lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
Qo'yilayotgan talablarga mos keladigan nomzodlar, 2023 yil 07 iyuldan 31 iyulgacha soat 17:00 gacha bo'sh ish joyi uchun o'z rezyumelarini qoldirishlari mumkin.
Majburiyatlaringiz:
- raisning ish kunini jadval asosida to'g'ri taqsimlash, xujjatlarni o'z vaqtida imzolash, tayyorlash, xizmat safarlarini tashkil qilish;

- raisga kiruvchi xujjatlarni tayyorlash, qo'ng'iroqlarga javob berish;
- raisga kerakli ma'lumotlarni o'z vaqtida to'plash, ish yuritish uchun barcha xujjatlar bilan ta'minlash.
NOMZODLARGA QO'YILADIGAN TALABLAR:
- oliy ma'lumot (asosan iqtisod, menejment, moliya);
- boshqaruv raisi yordamchisining talablari va ma'suliyatini yaxshi tushunish uchun odatda shunga o'xshash lavozimda yoki yo'lqurilish sohalarida ish tajribasi kamida 2 yil;
- boshqaruv raisining yordamchisi tashkilot faoliyati yuritayotgan sohani yaxshi bilishi kerak. Mavjud tendentsiyalar, raqobatchilar, bozor sharoitlari va strategik qiyinchiliklarni bilish yordamchiga qaror qabul qilishda raisni qo'llab-quvvatlashga yordam beradi;
- sadoqatli va ishonchli. Birinchidan rahbarga, keyin umuman jamiyatga;
- o'zbek, rus va ingliz tillarini erkin bilish;
- dasturlash asoslari, barcha ofis dasturlarida va nostandart kompyuter dasturlarini bilish;
- savodxon, yozma va og'zaki nutqda mukammal muloqot qila olish qobiliyati;
- tanqidiy, tahliliy fikrlash va jamoada ishlay olish.
Diqqat!!! "Izlanuvchilar/nomzodlarning yuqorida qayd etilgan tanlov mezonlariga mos kelmaydigan, shuningdek qasddan soxta ma'lumotlar bilan, xatolar (tuzatishlar va to'g'irlashlar) bilan birga takror yuborilgan hamda ko'rsatib o'tilgan muddat o'tganidan so'ng yuborilgan Rezyume/ma'lumotnoma-ob'ektivkalari diskvalifikasiya qilinadi va sabablari tushuntirilmasdan ko'rib chiqilmaydi".
Nomzodlarning (izlanuvchilarning) kelib tushgan Rezyume/ma'lumotnoma-obektivkalari ko'rib chiqilishining tezkorligini ta'minlash maqsadlarida, 2023 yil 07 iyuldan 31 iyulgacha (Toshkent vaqti bilan) soat 17:00 gacha bo'lgan davr mobaynida E-mail:Bu elektron manzil spamlardan ximoyalangan. Uni kurish uchun JavaScript ni ishga tushirishingiz kerak. elektron pochta manzillari orqali "yo'lqurilish" aktsiyadorlik jamiyatiga yuborishingizni so'raymiz.
Rezyumega: ish stajini tasdiqlovchi mehnat daftarchasi va tegishli kasb bo'yicha guvohnoma nusxalarini ilova qilish, shuningdek ilova qilinayotgan so'rovnomani to'ldirish shart.
Rezyumeni yuklab olish

 

Chop kilish E-mail