"Yo'lqurilish" aktsiyadorlik jamiyati yuridik boshqarma boshlig'i lavozimiga konkurs tanlovi

"Yo'lqurilish" aktsiyadorlik jamiyati yuridik boshqarma boshlig'i lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
Qo'yilayotgan talablarga mos keladigan nomzodlar, 2023 yil 07 iyuldan 14 iyul soat 17:00 gacha bo'sh ish joyi uchun o'z rezyumelarini qoldirishlari mumkin.

Majburiyatlaringiz:
- Korxonada shuningdek tegishli tuzilmalarda qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
- Korxona rahbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o'tkazadi;
- Korxona va uning boshqa tuzilmalari bilan birgalikda mansabdor shaxslarni faoliyatida qonuniylikning buzilishi ko'rsatilgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni ko'rib chiqishda ishtirok etadi;
- davlat organi va tashkilotida boshqaruv tizimini takomillashtirish, davlat organi tizimiga kiradigan tuzilmalar va ularning mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlarini belgilash bo'yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
- Korxonada mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini ta'minlashda, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoa shartnomasi, jamoa bitimi va boshqalarni) ishlab chiqishda ishtirok etadi, ushbu hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va huquqiy xulosa beradi;
- Korxona rahbariga tashkiloti faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta'minlash ahvoli yuzasidan hisobot taqdim etadi;
- Korxona xodimlarining kasaba uyushmalari va boshqa vakillik organlariga vakolatlarini amalga oshirishda yuridik yordam ko'rsatadi;
- davlat organi va tashkiloti tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
- Korxonaning norma ijodkorligi faoliyatining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi yoki ularning ishlab chiqilishida, amalga oshirilishi va bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etadi;
- Korxonaning tegishli soha faoliyatidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning ularda korrupsiyaga sabab bo'ladigan omillarni aniqlashga qaratilgan tahlilni o'tkazadi;
- Korxona ta'sischiligidagi tuzilmalarning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, kelishilgan hamkorlikni ta'minlaydi;
- Korxona, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalar xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish to'g'risida takliflar kiritadi, ushbu tadbirlarni o'tkazishda ishtirok etadi;
- Korxona faoliyatiga tegishli qonunchilikni targ'ib qilish ishlarini amalga oshiradi;
- qonunchilikka kiritilgan o'zgartirishlar haqidagi ma'lumotlarni, sud amaliyotini, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ishlarga taalluqli ko'rsatmalarini korxona tizimiga kiradigan tuzilmalarga etkazadi;
- davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek fuqarolar bilan nizolar vujudga kelganda, mustaqil yoki boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda ularni sudgacha hal etish choralarini ko'radi;
- shartnomalarni tuzish, bajarish, o'zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
- tegishli tuzilmalar bilan birgalikda korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o'rganadi, ularning miqdorini kamaytirish choralarini ko'radi;
- shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan da'vo ishlarini olib boradi;
- davlat organi va tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud majlislarida ishtirok etadi;
- mulkni saqlash masalalari bo'yicha huquqiy tusdagi hujjatlar loyihalarining Qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi;
- moddiy boyliklar va pul mablag'larini hisobdan chiqarish to'g'risidagi hujjatlar loyihalari, shuningdek qonun buzilishlari va suiiste'mollar aniqlangan auditorlik tekshiruvlari va xatlovdan o'tkazish dalolatnomalari bo'yicha huquqiy xulosalar beradi.
NOMZODLARGA QO'YILADIGAN TALABLAR:
- oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lishi (Yurisprudentsiya);
- davlat organlari, korxonalari yoki davlat ulushi mavjud xo'jalik jamiyatlarida Bosh yuriskonsul't lavozimida kamida 3 yillik ish tajribasiga hamda yo'lqurilish sohasida ish tajribasi ega ekanligi;
- Korporativ soxani va qonunchiligini yaxshi bilishi;
- Iqtisodiy prosessual kodeks, fukarolik kodeksi, mexnat kodeksi va soxaga aloqador boshqa normativ huquqiy xujjatlarni bilishi;
- o'zbek va rus tillarini erkin bilish (ingliz va boshqa xorijiy tillarni biladiganlarga ustunlik beriladi);
- tanqidiy, tahliliy fikrlash va jamoada ishlay olish.
Diqqat!!! "Izlanuvchilar/nomzodlarning yuqorida qayd etilgan tanlov mezonlariga mos kelmaydigan, shuningdek qasddan soxta ma'lumotlar bilan, xatolar (tuzatishlar va to'g'irlashlar) bilan birga takror yuborilgan hamda ko'rsatib o'tilgan muddat o'tganidan so'ng yuborilgan Rezyume/ma'lumotnoma-ob'ektivkalari diskvalifikasiya qilinadi va sabablari tushuntirilmasdan ko'rib chiqilmaydi".
Nomzodlarning (izlanuvchilarning) kelib tushgan Rezyume/ma'lumotnoma-obektivkalari ko'rib chiqilishining tezkorligini ta'minlash maqsadlarida, 2023 yil 07 iyuldan 14 iyulgacha (Toshkent vaqti bilan) soat 17:00 gacha bo'lgan davr mobaynida E-mail:Bu elektron manzil spamlardan ximoyalangan. Uni kurish uchun JavaScript ni ishga tushirishingiz kerak. elektron pochta manzillari orqali "yo'lqurilish" aktsiyadorlik jamiyatiga yuborishingizni so'raymiz.
Rezyumega: ish stajini tasdiqlovchi mehnat daftarchasi va tegishli kasb bo'yicha guvohnoma nusxalarini ilova qilish, shuningdek ilova qilinayotgan so'rovnomani to'ldirish shart.
Eslatma: Agar konkurs tanlovi jarayonida siz korrupsion tusga ega bo'lgan faktlarga duch kelsangiz, albatta tasdiqlovchi hujjatlarni (audio/video yozuvlar va boshqalar) ilova qilgan holda, O'zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga zudlik bilan murojaat qilishingiz va Agentlikning Bu elektron manzil spamlardan ximoyalangan. Uni kurish uchun JavaScript ni ishga tushirishingiz kerak. pochta manziliga yoki (+998 71) 202 04 02 (ichki: 220 yoki 102) telefon raqamlari orqali xabar yuborishingiz mumkin.
Rezyumeni yuklab olish

 

Chop kilish E-mail