• Bosh saxifa
  • Rasmiy
  • Tender va kimoshdi savdolari
  • "Yo'lqurilish" aktsiyadorlik jamiyati korporativ munosabatlar, aktivlarni boshqarish va axborot xizmati boshqarmasi boshlig'i lavozimiga konkurs tanlovi

"Yo'lqurilish" aktsiyadorlik jamiyati korporativ munosabatlar, aktivlarni boshqarish va axborot xizmati boshqarmasi boshlig'i lavozimiga konkurs tanlovi

01.03.2024 yil
"Yo'lqurilish" aktsiyadorlik jamiyati korporativ munosabatlar, aktivlarni boshqarish va axborot xizmati boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


Qo'yilayotgan talablarga mos keladigan nomzodlar, 2024 yil 01 martdan 01 aprel 17-00 gacha bo'sh ish joyi uchun o'z rezyumelarini qoldirishlari mumkin.

Majburiyatlaringiz:
- "Yo'lqurilish" aktsiyadorlik jamiyati tizimida korxona faoliyatining samaradorligi va shaffofligini ta'minlash, boshqaruv tuzilmasini maqbullashtirish, zamonaviy korporativ boshqaruv shakl va usullarini joriy qilib borish;
- Jamiyatning investision jozibardorligini oshirish;
- Jamiyatning rivojlanish strategiyasini aniqlash va uning amalga oshirilishini nazorat qilish;
- Korporativ boshqaruv masalalarni tartibga soluvchi va axborot siyosati to'g'risidagi normativ-huquqiy xujjatlar asosida ishlarni tashkil etish, aktsiyadorlik jamiyatlari va boshqa mulkchilik shaklidagi jamiyatlar faoliyati va qimmatli qog'ozlar bozori bilan bog'liq masalalar bo'yicha ishlarni olib borish;
- Tartibga soluvchi organlar, auditorlar, kreditorlar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan o'zaro aloqa qilish;
- Aktsiyadorlar umumiy yig'ilishining Qonunchilik talablari, jamiyat nizomi va boshqa ichki hujjatlariga muvofiq, aktsiyadorlar umumiy yig'ilishi o'tkazish haqidaga qarorga asosan tayyorlanishi va bo'lib o'tishini ta'minlash;
- "Yo'lqurilish" AJda jamiyat yagona aktsiyadori, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi va boshqa davlat organlari bilan ishlarni belgilangan tartibda olib borish.
NOMZODLARGA QO'YILADIGAN TALABLAR:
- Oliy ma'lumot;
- Korporativ boshqaruv sohasida ish tajribasi kamida 5 yil;
- Korporativ boshqaruv kodeksini amaliyotda joriy qilish va doimiy monitoring yuritish, me'yoriy hujjatlarga aniqliklar va qo'shimchalar kiritish, jamiyatda korporativ madaniyatni shakllantirish bo'yicha axborot - tashviqot ishlarini olib borish;
- Jamiyat haqida axborot taqdim etish va jamiyat hujjatlarining saqlanishini ta'minlash;
- Korporativ boshqaruvida xorijiy tajriba va xalqaro standartlarni bilish;
- O'zbek va rus tillarini erkin bilish (ingliz va boshqa xorijiy tillarni biladiganlarga ustunlik beriladi);
- Tanqidiy, tahliliy fikrlash va jamoada ishlay olish.
Diqqat!!! "Izlanuvchilar/nomzodlarning yuqorida qayd etilgan tanlov mezonlariga mos kelmaydigan, shuningdek qasddan soxta ma'lumotlar bilan, xatolar (tuzatishlar va to'g'irlashlar) bilan birga takror yuborilgan hamda ko'rsatib o'tilgan muddat o'tganidan so'ng yuborilgan Rezyume/ma'lumotnoma-ob'ektivkalari diskvalifikasiya qilinadi va sabablari tushuntirilmasdan ko'rib chiqilmaydi".
Nomzodlarning (izlanuvchilarning) kelib tushgan Rezyume/ma'lumotnoma-obektivkalari ko'rib chiqilishining tezkorligini ta'minlash maqsadlarida, 2024 yil 01 martdan 31 martgacha (Toshkent vaqti bilan) soat 17:00 gacha bo'lgan davr mobaynida E-mail:Bu elektron manzil spamlardan ximoyalangan. Uni kurish uchun JavaScript ni ishga tushirishingiz kerak. elektron pochta manzillari orqali "yo'lqurilish" aktsiyadorlik jamiyati qabul komissiyasiga yuborishingizni so'raymiz.
Rezyumega: ish stajini tasdiqlovchi mehnat daftarchasi va tegishli kasb bo'yicha guvohnoma nusxalarini ilova qilish, shuningdek ilova qilinayotgan so'rovnomani to'ldirish shart.
Eslatma: Agar konkurs tanlovi jarayonida siz korrupsion tusga ega bo'lgan faktlarga duch kelsangiz, albatta tasdiqlovchi hujjatlarni (audio/video yozuvlar va boshqalar) ilova qilgan holda, O'zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga zudlik bilan murojaat qilishingiz va Agentlikning Bu elektron manzil spamlardan ximoyalangan. Uni kurish uchun JavaScript ni ishga tushirishingiz kerak. elektron pochta manziliga yoki (+998 71) 202 04 02 (ichki: 220 yoki 102) telefon raqamlari orqali xabar yuborishingiz mumkin.
Rezyumeni yuklab olish

Chop kilish E-mail