14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni

O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan tantanali yig'ilish 2024 yil 12-yanvar kuni "Yo'lqurilish" aktsiyadorlik jamiyatida o'tkazildi.

Uchrashuvda Toshkent shahar Mirobod tumani Nuroniy jamg'armasi raisi, Qurolli kuchlar faxriysi – Kayumov Xayrullo Zabixullaevich faol qatnashdilar. O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlariga bag'ishlangan videolavxa namoyish etildi. Yig'ilish ishtirokchilari yurtimiz O'zbekistonda Vatan himoyasi kabi ulug'vor ishga o'zini bag'ishlagan harbiylarimizni katta hurmat va e'zoz bilan qadrlab, "14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni" bayrami bilan chin ko'ngildan tabrikladilar.

 image 12 01 24 04 22 1

image 12 01 24 04 23 1

image 12 01 24 04 22