03.03.2025 yil "Yo'lqurilish" AJning 2024 yil yakuni bo'yicha hisoboti
Jamiyatning asosiy faoliyati tarkibidagi korxonalar tomonidan avtomobil yo'llarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta'mirlash ishlarini belgilangan tartibda amalga oshirilishini ta'minlash hisoblanadi.
Jamiyat tarkibidagi korxonalar tomonidan buyurtmachilar bilan 124 taob'ekt bo'yicha tuzilgan shartnomalarga asosan 2024 yilda belgilangan 294,0 mlrd so'mlik qurilish-montaj ishlari amalda 294,4 mlrd so'mga (100,1%) bajarildi (2-ilova).
Mazkur ishlarni amalga oshirilishinatijasida ja'mi 354 km yo'llar ta'mirlangan, 5180 PM trotuarlar qurilgan va ta'mirlangan hamda 1882pm sun'iy inshootlar ta'mirlangan.
Soxaviy qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi platformasida o'ziga xos o'lchovlar asosida reytingni davriy o'zgartirilib turilishi korxonalarning doimiy izlanish va tegishli talablar asosida harakatda bo'lishini taqozo etmoqda. O'z navbatida tizimimizdagi korxonalarning ham reyting ko'rsatkichlarini saqlab qolish va yaxshilash borasida ko'rilgan choralarnatijasida yo'l qurilishi sohasida 16ta korxonamiz ijobiy reyting ko'rsatkichlariga ega bo'lib, sohadagi 1800 ta pudrat korxonalari o'rtasida 2024 yil davomida "shaffof qurilish" orqali tashkil etilgan 490,0 mlrdso'mlik 468 ta tenderlarda ishtirok etib, shundan 70,0 mlrd so'mlik 60 taob'ektlar jamiyatning 10 ta korxonasi tomonidan yutib olindi (3-ilova).
Shuning bilan bir qatorda iqtisodiy nochor holatda jamiyat tarkibiga o'tgan 12 ta korxonaning kreditor qarzdorliklarini kamaytirish va moliyaviy holatini yaxshilash borasida zaruriy choralar ko'rib kelinmoqda. O'tish davrida ushbu korxonalarning debitor qarzdorligi 84,3 mlrd so'mni, kreditor qarzdorligi 225,4 mlrd so'mni tashkil qilgan (kreditor qarzdorligi debitor qarzdorligiga nisbatan 141,1 mlrd so'mga ko'p). Shuningdek, ushbu 12 ta korxonaning 84,3 mlrd so'm debitor qarzdorligining aksariyat qismi asosan nochor holatdagi korxonalar hisobiga to'g'ri kelib, umidsiz va undirish imkoniyati mavjud emas.
Shuningdek, ushbu 12 ta korxonadan 7tasining moliyaviy holatini yaxshilash borasida ko'rilgan choralarga qaramasdan ko'p miqdordagi 166,8 mlrd so'm kreditor qarzdorligi hisobiga hamda uni qoplash manbasi mavjud bo'lmaganligi sababli ("Qoratao'IBPIB" MCHJ, "Angren IBPIB" MCHJ, "Transyo'lkurilish maxsus pudrat" MCHJ, "ko'prik qurish uchastkasi" MCHJ, "Nazarbekavtoyo'l" MCHJ, "Maxsusyo'lqurilish" MCHJ, "Qashqadaryo YQT" MCHJ) bankrotlik tamoyili yuritilmoqda.
Jamiyatning 2024 yilga tasdiqlangan biznes-rejasiga ko'ra, jamiyatni tarkibidagi korxonalardan 9,425 mlrd so'm miqdorida sof tushum hisobidan saqlash xarajatlarini amalga oshirish va 1015,2 mln.so'mmiqdorida sof foyda olinishi belgilanib, amalda sof tushum 7,693 mlrd so'm ni tashkil etib, saqlash xarajatlarini optimallashtirish hisobidan 1038,5 mln so'm miqdorida sof foyda olindi. Bu ko'rsatgich rejaga nisbatan 102,3 % tashkil etadi.
Jamiyatning 2024 yil yakuni bo'yicha samaradorlikning muhim ko'rsatkichi (KPI) rejasi 102 %ga bajarildi.
Doimiy ravishda korxonalarnisohada raqobatbardosh korxonalarga aylantirish hamda xodimlarmalakasini oshirish choralari ko'rilmoqda.