O'zbekiston bizning umumiy uyimiz!
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 22 martdagi 05/1-2139-sonli topshirig'i bo'yicha "Andijon tajribasi" asosida Toshkent viloyati yuqori Chirchiq tumanidagi 50ta mahallalarda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish,
mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo'yicha ishlarni samarali tashkil etish bo'yicha ma'sul "yo'lqurilish" aktsiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi R.Erniyazov belgilangan. Vazifalarni sifatli va o'z vaqtida bajarilishi yuzasidan "yo'lqurilish" AJ xodimlaridan iborat ishchi guruh joylarga chiqqan holda o'rganishlar tashkil etib, o'rganishlar natijasida kamchilik va ularning echimini aniq belgilab, aniqlangan masalalar va tuman tashkilotlari imkoniyatlari doirasida tegishli muammolarni hal etilishi choralarini ko'rib bormoqda.