«YULKURILISH» JSK

Improving the quality of work is our main task!

Amalda innovatsiya

Xabaringiz bor yo'l xo'jaligini boshqarishning zamonaviy tizimini yaratish va raqamlashtirish, sohada sifat nazoratini kuchaytirish va manfaatlar to'qnashuvining oldini olish, xususiy sektor korxonalarini keng jalb qilish uchun sharoit yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi PQ-330-sonli "Yo'l xo'jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan yo'l xo'jaligi sohasini isloh qilish va yanada rivojlantirish jarayonlarining asosiy ishtirokchilari va ularning vazifalari belgilanishi bilan bilan bir qatorda:
- 2024 yil 1 yanvardan boshlab loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, yo'l-qurilish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat ko'rsatkichlarini nazarda tutadigan tizim ("hajm uslubi") joriy etilishi;
- 2025 yil 1 yanvardan boshlab yangidan boshlanadigan yo'l-qurilish ob'ektlarida loyihani muhandislik boshqarish va texnik nazorat qilish ishlari autsorsing shartlari asosida xalqaro muhandislar-konsultantlar federasiyasi (FIDIC) amaliyoti va hujjatlariga muvofiq mustaqil tashkilotlar, shu jumladan xususiy sektor tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
Ushbu topshiriqlardan kelib chiqib, "yo'lqurilish" aktsiyadorlik jamiyati bosh ofisida "avtomobil transporti xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti" raxbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda "yo'lqurilish" AJda va uning ta'sischiligidagi jamiyatlar xodimlarini xalqaro muhandis-konsultantlar federasiyasi (FIDIC) amaliyoti va hujjatlari, shuningdek loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, yo'l-qurilish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat ko'rsatkichlarini nazarda tutadigan tizim ("hajm uslubi") bo'yicha malakasini oshirish hamda ularni "FIDIC" sertifikatlari bilan ta'minlash masalalari ko'rib chiqildi.

IMG 5287

image 20 11 23 08 30

image 20 11 23 08 31

image 20 11 23 08 32

28

Road building and bridge building complexes

611

Units of road construction equipment

ISO 9001:2015 

Quality control