Xalqaro aloqalar

Chop etilgan: .

Joriy yilning 6 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida Yaponiya “Shimizu Corporation” kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiya hamda “Yo‘lqurilish” AJ rahbariyati o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun: “Shimizu Corporation” kompaniyasi 1804 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bino va infratuzilma obyektlarini loyihalash, qurish, kompleks rivojlantirish hamda ko‘chmas mulkni boshqarish sohasidagi dunyodagi yirik qurilish-pudrat kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya xodimlarining soni 21 mingdan ortiq bo‘lib, aktivlari 16 mlrd dollarni, yillik aylanmasi esa deyarli 14 mlrd dollarni tashkil etadi.
Uchrashuv davomida ko‘prik, yo‘l, tunnel va boshqa infratuzilma obyektlarini rivojlantirish loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlari muhokama qilindi hamda o‘zaro manfaatli istiqbolli loyihalarda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

xalqaro aloqalar 1

xalqaro aloqalar 2

xalqaro aloqalar 3

 

 

 

 

Chop kilish